"Real Sosedad" stadion tashqarsida tunagan uysiz kishiga ish berdi

Aslanov Jasurbek
27 okt 2016, 15:18
"Real Sosedad" San-Sebastyandagi "Anoeta" stadioni tashqarisida tunagan uysiz kishiga ish berdi.

Bu haqda ESPNFC nashri ma'lum qildi.

O'zini Ruben deb tanishtirgan kishi so'nggi sakkiz oy davomida iti Mundo bilan ko'chalarda tunab yurgan. So'nggi uy yil San-Sebastyan ko'chalarida tunagan va mahalliy aholi tomonida emish bilan taminlab turilgan Ruben "Real Sosedad" bilan ikki oylik shartnoma imzoladi.

Agar o'sha kishi o'z vazifasini yaxshi bajarsa, u va klub o'rtasidagi kelishuv o'zaytiriladi.

"Dunyoda yaxshi odamlar borligiga ishonishni boshladim" - deydi o'ziga vaqtinchalik uy topgan Ruben.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia