"Barselona" qo'rqinchli “Anoeta”da ishonchli g'alabaga erishdi. Endi “Real” kataloniyaliklardan 19 ochko ortda

15 yanv 2018, 02:45
Kataloniya klubi 19-tur uchrashuvida mehmondan g'alaba bilan qaytdi.

“Real Sosedad”ga qarshi o'yin “Barselona” uchun oson boshlanmadi. Avvaliga mezbonlar 2 ta gol evaziga hisobda ustunlikka erishgan bo'lsa, keyin birin ketin gollar mehmonlar tomonidan kiritildi. Avvaliga Paulino hisobni qisqartirgan bo'lsa, navbat Luis Suaresga kelib, u ikkita gol urdi. O'yinga yakuniy nuqtani esa Lionel Messi qo'ydi. Shu tariqa “Barsa” 4:2 hisobida mehmondan g'alaba bilan qaytdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia