“Real” sobiq himoyachisi “Bornmut” ustoziga aylandi

Eldor Akmurzayev
21 fev 2021, 20:55
Avvalroq, mazkur jamoani boshqarishi mumkin bo'lgan nomzodlar qatorida Terri Anri ham borligi aytilgandi.

Shunday qilib, Chempionshipda qatnashayotgan “Bornmut”ga yangi bosh mutabbiyi etib Jonatan Vudgeyt tayinlandi. U 3 fevral kuni vazifasidan ozod etilgan Jeyson Tindollning o'rnini vaqtinchalik egallab turgandi.

41 yoshli mutaxassis jamoa boshqaruvida beshta o'yin o'tkazishga ulgurdi – 3 g'alaba, 2 durang. “Bornmut” chempionat jadvalida 49 ochko to'plagan holda 6-o'rinda bormoqda.

Eslatib o'tamiz, Vudgeyt futbolchilik faoliyatida “Real”, “Nyukasl”, “Lids”, “Tottenxem” kabi jamoalar sharafini himoya etgan. Sobiq himoyachi 2016 yil “Midlsbro” safida futbol bilan xayrlashib, butsalarini mixga ilgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ua-football.com