"Real" shu yil Xolandni, keyingi yil Mbappeni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
13 apr 2020, 15:44
"Real" yaqin yillarda hujumchilar Erling Xoland va Kilian Mbappelarni xarid qilmoqchi.

Madrid klubi mavsum oralig'idayoq "Borussiya" (Dortmund)ning 19 yoshli forvardi bilan shartnoma imzolamoqchi.

"Real" fransiyalik futbolchini 2021 yilning yozida o'z tarkibiga jalb qilishga urinib ko'radi, sababi klub PSJning o'yinchini shu yil qo'yib yubormasligini angladi.

Madrid klubi markaziy hujumchi bilan tarkibini kuchaytirib olmoqchi, sababi o'tgan yozda katta pul evaziga xarid qilingan Luka Yovich o'zini oqlamadi. Markaziy hujumchi Xoland aynan "qaymoqranglilar"ning asosiy maqsadi bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca