"Real" Ronalduning o'rniga futbolchi topdi

6 iyul 2018, 12:14
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Yuventus"ga ko'chib o'tishi borasidagi xabarlar to'xtagani yo'q.

"Real" Ronalduning o'rniga jamoaga boshqa futbolchini olib kelishi haqida ma'lumotlar bor. "Corriere dello Sport" nashrining xabariga ko'ra, "Real"ga kelishi mumkin bo'lgan uch nafar nomzodlarning familiyalari ma'lum. Gap PSJ futbolchilari Neymar, Kilian Mbappe va "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn haqida ketmoqda. Ma'lum bo'lishiicha, "qaymoqranglilar" tarkibiga o'tish imkoniyati Neymarda ko'proq. Futbolchining transfer narxi tahminan 300 million evroga belgilanishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: footballhd.ru