"Real" o'z futbolchisini transferga qo'ymoqchi emas

Aslanov Jasurbek
5 sen 2017, 11:47
"Real" rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Garet Beylni transferga qo'yish niyatida emas.

Oldinroq, "Qirollik klubi" "Monako"dan Kilian Mbappeni xarid qilsa, Krishtianu Ronalduni "Manchester Yunayted"ga sotishi mumkinligi xabar qilingan edi. Ma'lumotlarga ko'ra, Mbappe PSJga o'tishidan oldin, "Real" Beylni "Manchester Yunayted"ga pullamoqchi edi, biroq uelslik boshqa klubga o'tishni istamadi.

Boshqa nashrning bergan ma'lumotiga ko'ra, "Real" rahbariyati Beylni transferga qo'ymoqchi bo'lmagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS