"Real" Modrich o'rniga PSJ yarim himoyachisini sotib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
11 mar 2025, 18:44
Luka Modrich hamon "Real"ga foyda keltirmoqda, ammo u yosharib borayotgani yo'q - kuzda xorvatiyalik 40 yoshga to'ladi va u o'sha paytda Madrid grandining futbolchisi bo'lib qolishi haqiqatdan yiroq narsa.

"Qaymoqranglilar" allaqachon o'rta chiziqqa yoshroq futbolchi qidirmoqda. "Real" PSJ Vitinyani sotib olmoqchi. "Real"dagilarning fikricha, 25 yoshli portugaliyalik nafaqat tarkibni yoshartiradi, balki o'yin tizimiga ham a'lo darajada moslashadi.

Shu bilan birga, PSJ Vitinya bilan xayrlashmoqchi emas. Transfermarkt 55 million evroga baholagan futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: TodoFichajes