"Real" Mbappeni har qanday narx evaziga sotib olmoqchi emas

Aslanov Jasurbek
4 iyul 2017, 18:14
"Real" prezidenti Florentino Peres "Monako" hujumchisi Kilian Mbappe uchun monegasklar so'raydigan har qanday mablag'ni to'lamoqchi emas.

Ma'lumotlarga ko'ra, joriy haftada "Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Peres bilan uchrashib, bu borada suhbat o'tkazishi kerak.

Oldinroq "Arsenal" Mbappe uchun 142 mln. evro to'lashga tayyorligi e'lon qilingan edi. "To'pchilar" bosh murabbiyi Arsen Venger futbolchining otasi bilan uchrashib, o'g'lini ingliz klubiga o'tishga ko'ndirmoqchi bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cope