"Real Madrid" turkiyalik "Messi"ga qiziqish bildirmoqda

Оқил Абдубарноев
22 iyun 2023, 20:55
Madridning "Real" klubi "Fenerbaxche"ning 18 yoshli yarim himoyachisi Arda Gyulerga qiziqish bildirmoqda.

Turkiyalik futbolchining shartnomasida tovon puli 17,5 million evroni tashkil etadi. Unga "Milan", "Barselona", PSJ va Premer-liga klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Matbuotda Gyulerni ko'pincha "turk Messisi" deb atashadi. Bundan tashqari, aprel oyida bo'lib o'tgan Fenerbaxche - Galatasaroy uchrashuvida "Arda Guler - turk Messisi" yozuviga ega banner osilgan edi.

Arda mavsum davomida 35 uchrashuvda 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: As