"Real" Kepaning kelajagi borasida bir qarorga keldi

Sherzod Nurmatov
24 yanv 2024, 22:19
"Qirollik klubi" muhim qaror qabul qildi.

Madridning "Real" jamoasi "Chelsi" darvozaboni Kepa Arrisabalagani sotib olmaydi, deb xabar berdi "Football Espana".

Futbolchi joriy mavsum yakunida London klubiga qaytadi.

Oldinroq "blankos" ispaniyalikning "Santyago Bernabeu"dagi kelajagiga shubha bilan qarashi haqida xabar berilgandi. "Qamoqranglilar" "ko'klar" futbolchi uchun so'rayotgan narxdan qoniqmayapti.

Kepa "Real"da qolmoqchi, ammo bu qaror unga bog'liq bo'lmaydi. 29 yoshli darvozabon joriy mavsum barcha turnirlarda 17 ta o'yin o'tkazib, 7 ta bahsda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Espana