Real Iturbega qiziqmoqda

Aziz Tukhtamuradov
2 apr 2014, 09:32
Verona safida to'p surayotgan, huquqiy jihatdan esa Portuga tegishli bo'lgan Xuan Iturbe Yevropaning navbatdagi top-klubi qiziqishlari doirasida.

Italian Football Dailyning xabar berishicha, futbolchiga nafaqat Roma, Yuventus, Liverpul va Arsenal jamoalari, balki Real jamoasi xam qiziqmoqda.

Madrid jamoasi skautlari Iturbening o'yinlarini kuzatib, uning driblinglariga qoil qolishgan.

Futbolchi Italiya chempionatining 27 ta o'yinida maydonga tushib, 5 ta gol, va 4 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Italian Football Daily