"Real" - "Atletiko": Ronaldu yo'q, bugun kim xet-trik qayd etadi?

Omonjon To`xtamirzayev
29 sen 2018, 19:02
Bir necha soatlardan so'ng Ispaniya poytaxti Madrid shahrida "Real" hamda "Atletiko" to'qnashuvi bo'lib o'tadi.

Statistik ma'lumotlarga qaraydigan bo'lsak, "Real" safida "Atletiko"ga qarshi o'yinlarda xet-trik qayd etgan so'nggi futbolchi Krishtianu Ronaldu ekanligini ko'ramiz. 

E'tiborlisi, so'nggi uch xet-trik aynan portugaliyalik hisobiga yozilgan. Futbolchi yozda "Qirollik klubi"dan "Yuventus"ga o'tganini yaxshi bilasiz. 

Qiziq, bugun "Real" safida kim xet-trik qayd etadi va bunday futbolchi topilarmikin?

  

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia