Ravshan Haydarov: "Nasaf"ga o'yin bobida ham, tajriba bobida ham yutqazdik"

18 avg 2013, 00:38
Bugun bo'lib o'tgan "Dinamo" - "Nasaf" (1:3) uchrashuvidan so'ng tashkillashtirilgan matbuot anjumanida har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirok etdi.
Matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ishtirok etdi.

"O'yinga yaxshi tayyorlangan edik, katta xohish bor edi lekin bizni saviyamiz "Nasaf" bilan o'yinda bilindi. O'yinda ham, tajriba bobida ham, jamoaviy o'yin bobida ham "Nasaf"ga teng kela olmadik va yutqazdik. Bugungi tezkor goldagi oddiy xatoni tajribali raqiblar kechirmaydi. Balkim boshqa jamoalar bilan o'yinda bunday vaziyatlar ko'rinmay qolar lekin "Nasaf" bundan 100% foydalanadigan jamoadir", - deya gap boshladi Ravshan Akmalovich.

- Uchinchi gol bo'yicha ham ozgina izoh berib o'tsangiz. Bu vaziyat boshqacharoq bo'ldi.
- Hali ko'rib chiqishimiz kerak. Yon hakam bayroqchasini ko'targandan so'ng butun jamoa to'xtab qoldi. Shunga qaramay aytib o'tishim kerakki hakam bayroqchasini ko'tardimi, yo'qmi oxirigacha o'ynash kerak edi. Futbolchilarim xato qildi. Bu to'g'risida futbolchilar bilan hali jiddiy gaplashamiz.

- "Dinamo" statistika bo'yicha 1-bo'limda ettita, 2-bo'limda ikkita darvozaga qarab aniq zarba berdi. Bu salbiy holat nima bilan bog'liq deb o'ylaysiz?
- Birinchi bo'limda futbolchilarda kuch ko'p edi va yakka holatlardan chiqib ketish holatlari bo'lib turdi. Ikkinchi esa kuch etarli bo'lmadi. Ikki kun davomida ko'proq standartlar bilan ishladik. Shunga qaramay bosh bilan yaxshi o'yin ko'rsata olmadi. Bunda "Nasaf" ning ham kuchli raqib ekanligidandir.

- Ikkinchi davra jamoaga ko'pgina yangi o'yinchilar taklif etildi. Siz mana shu o'yinchilar bilan jamoani oliy ligada olib qolishga ishonasizmi?
- Men to'liq ishonaman. Ishonmasam ishlamagan bo'lar edim. Yangi o'yinchilarni taklif etishimdan maqsad raqobatbardosh tarkib qilishim kerak edi. 1-davra zaxiramiz juda kichik edi. Asosan yoshlardan iborat edi. O'ylaymanki mana shu raqobat tufali o'yinimiz kuchayadi. O'yin sifati ham oshadi.

- Eldor Magdeev borasida so'ramoqchi edim. Bugun o'yini umuman o'xshamadi nazarimda?
- Eldor ikki o'yinda yomon o'yin ko'rsatmagan edi. Bugun qoniqmaganim uchun ikkinchi bo'limda almashtirishni maqul ko'rdim. Yarim yil o'ynamay, o'ynab birinchi ligada yurdi va bu ta’sirini o'tkazgan ko'rinadi. Bugun buni ko'rdik. Jismoniy holati bugun yetmadi. Bizga tajribali o'yinchi kerak edi va jamoamizga oldik.

- Bugun uchrashuv davomida to'liq o'ynagan To'lqin Mirzaev bor yo'g'i 5 marta to'pga tegdi. Bu hujumchi uchun juda yomon ko'rsatkich emasmi?
- Hujumchi bitta harakat qilsa ham gol ursa shuni maqul ko'raman. Odatda hujumchiga to'p kam boradi va to'p bilan kam ishlaydi. Hujumchi doim bosim ostida o'ynaydi va ikki, uch raqib yonida bo'ladi lekin biz hujumchidan to'psiz harakat uchun ham foydalanamiz. Albatta men ham yaqqol to'purar hujumchimiz bo'lishini. Hech bo'lmaganda Shomurodov, Abdullaev kabi bo'lganda. Nima qilay bizda bunday hujumchi yo'qda. Endi boridan maksimal darajada foydalanishga harakat qilamiz.

Manba: championat.asia