Rasmiy xabar: Nyukasl Kabellani sotib oldi

Narzulla Saydullayev
14 iyul 2014, 10:29
Monpele klubi hujumkor yarim himoyachisi Remi Kabella Nyukaslga ko'chib o'tdi.
24 yoshli Fransiya terma jamoasi a'zosi Angliya klubi bilan 6 yillik shartnoma tuzdi, deb xabar bermoqda hakkalar rasmiy sayti.

Bu klubga o'tishimni juda kutdim. Nyukasl haqida ko'p yaxshi gaplar eshitdim, shu bois mana shu Angliyaning katta klublaridan biriga o'tdim.

Ushbu jamoa futbolkasini kiyib maydonga tushishni sabrsizlik bilan kutayapman, - deydi Kabella.

Oldinroq futbolchi 10 million evro evaziga Angliyaga ko'chib o'tishi ma'lum qilingandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru