Rasman: “Yuventus”-“Inter” uchrashuvi muxlislarsiz o'tadi

28 fev 2020, 08:28
Hammasiga koronavirus sababchi.

Butun dunyo bo'ylab tarqalayotgan Xitoy koronavirusi sabab Italiya A Ceriyasi bahslari muxlislarsiz o'tkaziladigan bo'ldi. Jumladan, 2 mart sanasida bo'lib o'tadigan “Yuventus” va “Inter” o'rtasidagi bahs ham. Bundan tashqari “Udineze”-“Fiorentina”, “Milan”-“Jenoa”, “Parma”-SPAL, “Sassuolo”-“Breshiya” bahslari ham bo'sh stadionda o'tkaziladi.

Italiyaning shimoliy qismida koronavirus bilan kasallanganlar soni 17 kishiga etgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia