Rasman: "Rostov" va "Sochi" futbolchilarini almashdi

Mirjalol Normatov
23 avg 2020, 12:58
"Rostov" hamda "Sochi" matbuot xizmati klublar o'zaro futbolchilarini almashganini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, hujumchi Dmitriy Poloz "Rostov" tarkibiga ko'chib o'tgan bo'lsa, xavbek Ivelin Popov endilikda "Sochi" sharafini himoya qiladi.

Oldinroq "Rostov" 29 yoshli hujumchi bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekishi va 99-raqamli libosda o'ynashi ma'lum bo'lgandi.

32 yoshli bolgariyalik esa "Sochi" bilan 2+1 ko'rinishidagi shartnoma imzoladi.

Poloz 2012-2017 yillar davomida "Rosto" tarkibida harakat qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Сочи" твиттери