

O'shanda vakillarimiz 25 yanvar kuni Xorvatiyaga uchib ketishlari haqida ham ma'lumot bergandik.
Biroz avval O'FA matbuot xizmati ana shu xabarni tasdiqladi. Unga ko'ra, 21 yanvar kuni O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlaydi. Yig'inning ikkinchi qismini vakillarimiz 26 yanvardan 2 fevralgacha Xorvatiyada davom ettirishadi. Xorvatiyadagi yig'in doirasida Bahodir Ahmedov shogirdlari Fransiya va Chernogoriyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishadi.
O'rtoqlik o'yinlari
28.01.2022
O'zbekiston - Fransiya
30.01.2022
O'zbekiston - Chernogoriya
31.01.2022
O'zbekiston - Fransiya

Biz bergan xabarda Kuvayt bilan ham o'yin o'tkazishimiz haqida ma'lum qilgandik. UFA bergan rasmiy xabarda esa qitadoshlarimiz bilan o'yin o'tkazilishi haqida ma'lumot yo'q. Braziliyalik Kakau boshchiligidagi kuvaytliklar Xorvatiya yig'iniga bormaydigan bo'lishganmi yoki boshqa sabab, bunisi bizga qorong'u.



