Rasman: Nuri Shaxin – "Borussiya D" bosh murabbiyi

Sherzod Nurmatov
14 iyun 2024
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Shaxin yanvardan buyon Edin Terzichning yordamchisi sifatida ishlayotgandi. Bugun esa u rasman bosh murabbiy sifatida e'lon qilindi. 35 yoshli mutaxassis dortmundliklar bilan 3 yillik shartnoma tuzdi.

U bunga qadar 2021 yilning yozida Turkiyaning "Antalyaspor" jamoasida faoliyat yuritishni boshlagan – debyut mavsumida 7-o'rinni egallab, keyingi mavsumda 13-o'rinni band etgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: bvb.de