Rasman: "Manchester Siti" futbolchisi "Sevilya"ga o'tdi

Aslanov Jasurbek
1 avg 2017, 17:12
So'nggi mavsumni "Manchester Siti" safida o'tkazgan Xesus Navas "Sevilya"ga o'tdi.

Bu haqda ispan klubi rasmiy sayti ma'lum qildi. 31 yoshli futbolchining "Sevilya"dagi yillik maoshi 2 mln. evro bo'ladi.

Navas 2003-2013 yillarda "Sevilya" sharafini himoya qilgan. Bu vaqt davomida u ispan klubi safida 376 ta uchrashuvda maydonga tushib, 31 ta gol urgan va 83 ta golli pas bergan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia