

33 yoshli ispaniyalik futbolchi maxsus matbuot anjumanida ma'lum qildi.
Bu mening so'nggi mavsumim. Bu qarorni juda ko'p o'yladim. Barselona jahonning eng yaxshi klubi bo'lib qoladi, bu klub menga barchasini berdi, – deydi Inesta.
Inesta faoliyatini Chuncin Lifan klubida davom ettiradi. Futbolchi Xitoy klubi bilan 3 yillik shartnoma tuzadi.
Inesta Barselonada 2001 yildan buyon o'ynab kelayotgandi. Futbolchi ushbu klub safida jami 31ta sovrin yutgan.




