Rasman! "Chelsi" amerikalik tadbirkor qo'liga o'tdi

Sherzod Nurmatov
26 may 2022, 21:09
"Chelsi"ni sotish bo'yicha kelishuv rasman yakunlandi, deb yozdi xorijiy nashrlar Britaniya hukumati saytida chop etilgan hujjatga tayanib.

Rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich endi London klubining egasi emas.

Avvalroq APL mutasaddilari klubni amerikalik biznesmen Todd Boeli konsorciumiga sotishni maqullagandi. Bitim Buyuk Britaniya hukumati tomonidan ham maqullangan.

May oyi boshida Boeliga tegishli Clearlake Capital kompaniyasi, Mark Uolter va Xansyorg Viss kabi shaxslar "Chelsi"ni 4,25 milliard funt sterlingga sotib olishga rozi bo'lgani xabar qilingandi.

London klubi 2003 yildan beri rossiyalik tadbirkor Roman Abramovichga tegishli edi. 2 mart kuni Abramovich klubni sotishga tayyorligini ma'lum qilgach, 10 mart kuni Buyuk Britaniya hukumati tadbirkorga qarshi sankciyalar kiritdi, shu sababli savdo to'xtatildi va faqat hukumatning maxsus ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkinligi aytilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football London