

Angliya Premer ligasi 2021-2022 yilgi mavsumidan o'rin olgan "Tottenxem" - "Arsenal" o'rtasidagi uchrashuv koronavirus, jarohatlar va Afrika Kubogiga ketgan futbolchilar sabab boshqa sanaga qoldirildi. Bu haqida APL rasmiy saytida ma'lum qilindi.
O'yin "Tottenxem Xotspur" stadionida 16 yanvar kuni o'tkazilishi kerak edi. Ammo APL ushbu o'yinni boshqa sanaga ko'chirishga qaror qildi. Uchrashuv o'tkaziladigan yangi sana tez orada ma'lum qilinadi.



