Rasman: AGMK Superligada yozning eng "qaynoq" transferini amalga oshirdi

26 iyul 2019, 14:50
AGMK matbuot xizmati jamoaning yozdagi eng "qaynoq" transferi haqida e'lon qildi.

"O'tgan mavsumdan e'tiboran faoliyatini O'zbekiston chempionatida davom ettirgan va "Qizilqum"da o'ynagan gruziyalik iqtidor sohibi Elguja Grigalashvili bilan klubimiz shartnoma imzoladi.

AGMK futbol klubi "Qizilqum"dan Elguja Grigalashvilining transferi huquqini sotib oldi.

Iqtidorli hujumkor vinger endilikda jamoamiz sharafini himoya qiladi.

Mavsumning ikkinchi qismidan boshlab Grigalashvili jamoamiz uchun qator gollar muallifiga aylanishini tilaymiz!  AGMK oilasiga xush kelibsan, Elguja!", - deyiladi AGMK klubining telegramdagi rasmiy kanalida.


Ma'lumot o'rnida:

Elguja Grigalashvili

Tug'ilgan sanasi: 30.12.1989

Poziciyasi: hujumkor vinger

Millati: Gruzin

Bo'yi: 178

Oyog'i: o'ng 

O'ynagan jamoalari: "Dinamo" Tbilisi, "Dinamo" Batumi, "Merani", "Chixura", "Otellos", "Pafos", "Etnikos", "Qizilqum", AGMK

O'xshash yangiliklar


Manba: АГМК матбуот хизмати