Rangnik "Manchester Siti"ga qarshi o'yin oldidan nimalar dedi?

Mirjalol Normatov
4 mar 2022, 23:14
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik derbidan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Biz nafaqat Yevropaning, balki, dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi o'ynashimizni tushunib turibmiz.

Pep kelganidan keyin klub ancha rivojlanib ketdi. U "Bavariya" va "Barselona"da ham shunday ishlagandi. U dunyoning eng zo'rlaridan biri.

Biz esa to'psiz va to'p bilan holatlarda ko'proq taktik tomonlama mashg'ulotlar olib boryapmiz.

So'nggi 10-11 o'yinda g'alaba uchun etarlicha vaziyat yarata oldik. "Lids" darvozasiga to'rtta gol urdik, "Uotford"ga esa 3-4ta gol urishimiz mumkin edi.

Biz bu o'yinda zich o'ynab, jamoaviylik namoyish qilsak, raqibda to'p bermasligimiz mumkin", - dedi "Yunayted" bosh murabbiyi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal