Ramos "Nant"ga qarshi o'ynay olmaydi

Aziz Tukhtamuradov
18 fev 2022
PSJ himoyachisi Serxio Ramos Liga 1 doirasida "Nant"ga qarshi bo'ladigan o'yinni o'tkazib yuboradi.

Futbolchi jamoaning navbatdagi o'yini qaydnomasiga kiritilmaydi. U shuningdek navbatdagi 26-tur doirasida "Sent-Eten"ga qarshi o'yinda ham ishtirok eta olmasligi mumkin. 

Keyingi haftada u umumiy guruhga qaytadi. Biroq, jarohat sabab qachon Ramos maydonga tusha olishi so'roq ostida. 

Eslatib o'tamiz, u 27 yanvar kuni jarohat olgandi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Le Parisien