Rafinya endi Londrinaning faxriy fuqarosi

Nadirkhuja Yuldashev
25 dek 2013, 00:45
"Bavariya" himoyachisi Rafinya Londrina shahrining faxriy fuqarosi nomiga sazovor deb topildi.
Braziliyalik futbolchi Londrina shahrida tavallud topgan. Parana shtatida joylashgan ushbu shahar bilan Rafinyani ko'p narsalar bog'lab turadi. Futbolchi hozir ona shahrida istiqomat qilmasa-da, u Londrinada o'tkaziladigan ko'plab tadbirlarning faol ishtirokchisi sanaladi. Misol uchun, o'tgan yili Londrinada tashkil etilgan yosh futbolchilar festivalini moddiy tomondan, aynan, 28 yoshli futbolchi qo'llab-quvvatlagan edi. Shu jihatlarni hisobga olgan holda, bugun unga "Londrina shahri faxriy fuqarosi" unvoni berildi.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik himoyachi yaqindagina "Bavariya" bilan shartnomasini 2017 yilga qadar uzaytrigan edi.  

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: fussballportal.de