Rafael Benites Gretsiyada ish boshlaydi va rekord maosh oladi

Mirjalol Normatov
24 okt 2025, 00:19
Rafael Benites "Panatinaikos" boshqaruvini qo'liga oldi.

"Sport24.gr" ma'lumotiga ko'ra, 65 yoshli murabbiy va uning yordamchilari Gretsiyaga uchib borgan. Shanba kuni uning tayinlangani e'lon qilinishi kutilmoqda.

"De Telegraaf"ning tasdiqlashicha, ispaniyalik murabbiy Gretsiyada liga uchun rekord bo'lgan summa - yiliga 4 million evro maosh oladi.

Benitesning so'nggi ish joyi "Selta" (2023/24 yilgi mavsum) bo'lgandi. Bunga qadar u "Everton", "Nyukasl", "Real", "Napoli", "Inter" va "Valensiya" kabi jamoalarni ham boshqargan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: De Telegraaf