QPL. “Tobol” 4 yil ichida ilk bor “Atirau”ga yutqazdi. Sergeev navbatdagi golni o'z hisobiga yozdirdi

Eldor Akmurzayev
23 apr 2022, 09:00
Qozog'iston chempionati 7-turida “Tobol” safarda “Atirau” bilan o'ynab, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Mehmonlar safida Igor Sergeev o'yinni to'liq o'tkazdi va 77-daqiqada qanotdan uzatilgan to'pni boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi. Bu o'zbekistonlik forvardning QPL joriy mavsumidagi 3-goli hisoblanadi.

“Tobol” esa 11 ochko bilan musobaqa jadvalida 4-o'rinda bormoqda.

"Atirau" – "Tobol" – 2:1 (0:0, 2:1)

Gollar: Andriya Filipovich 66 (penalti), 83 – Igor Sergeev 77

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia