“Qizilqum” Toshkent yig'inini yakunladi

Aslanov Jasurbek
2 avg 2017, 00:12
Ikkinchi davraga tayyorgarlikni poytaxtda davom ettirgan Navoiyning “Qizilqum” jamoasi o'tgan haftada yig'inni yakunladi.

Ikki haftadan ortiqroq davom etgan yig'inda navoiyliklar oltita nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi va asosiy e'tiborni o'yin amaliyotiini yanada oshirishga qaratishdi.

16.07. “Qizilqum” – “Qo'qon” 1:1

18.07. “Qizilqum” – “Neftchi” 3:0

20.07. “Qizilqum” – “NBU-Osiyo” 0:0

22. 07. “Qizilqum” – “Dinamo” 0:2

27.07. “Qizilqum” – “Metallurg” 3:3

30.07. “Qizilqum” – “Olmaliq” 0:3.

Navoiylik futbolchilari uch kunlik qisqa tattildan keyin 2 avgustdan boshlab Navoiyda to'planishadi va ikkinchi davraning ilk uchrashuvi- “Paxtakor”ga qarshi bahsga tayyorgarlikni boshlashadi.

“Qizilqum” matbuot xizmati.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia