

Konchilar Sidening Orange palas resort mehmonxonasiga joylashdilar.
Rejaga ko'ra, 19 fevraldan 5 martga qadar davom etadigan mazkur yig'inda yigirma besh nafar futbolchi ishtirok etadi. Murabbiylar shtabi kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar tashkil etishni rejalashtirgan. Xorij yig'inidan ko'zlangan bosh maqsad esa tabiiy yashil maydonda ko'proq sinov-nazorat uchrashuvlari tashkil etishdir.
Ilk xalqaro o'rtoqlik o'yini 20 fevralga belgilangan. Shu kuni konchilar Rossiya premer ligasi vakili "Rostov" jamoasi bilan kuch sinashadi. Uchrashuv Turkiya vaqti bilan soat 17.00 da boshlanadi.



