

Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi rossiyalik Aleksandr Krestitin O'zbekiston bilan bahsga 23 nafar futbolchini chaqirdi. Terma jamoa 23 may kuni yig'inni boshlaydi. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Qirg'iziston uchrashuvi 2 iyun kuni Toshkentda bo'lib o'tadi.
Qirg'iziston terma jamoasining O'zbekistonga qarshi o'yinda ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxati:
Darvozabonlar: Matyash Pavel (“UiTM”, Malayziya), Amirov Ruslan (“Olg'a”), Kashuba Valeriy (“Dordoy”).
Himoyachilar: Baymatov Azamat (“Sitra”, Bahrayn), Kozubaev Tamirlan (“Yagodina”, Serbiya), Kichin Valeriy (“Tyumen”, Rossiya), Sheratov Kursan, Shakirov Sherzot, Tego Deniel (“Dordoy”), Alimov Ilyaz, Rustamov Tursunali (“Oloy”)
Yarim himoyachilar: Duyshobekov Baxtiyar (“Krumkachi”, Belarus), Musabekov Farxat (“Akademiya”, Moldova), Bernxardt Edgar (“Al-Oruba”, Ummon), Israilov Axlidin (“Dinamo-2″, Ukraina), Zemlyanuxin Anton (“Sisaket”, Tailand), Sidikov Aziz, Shamshiev Islam, Jirgalbek uulu Kayrat (barchasi “Dordoy”), Sidorenko Pavel (“Olg'a”), Murzaev Mirlan (“Afjet Afonspor”, Turkiya)
Hujumchilar: Lyuks Vitaliy (“Unterxaxing”, Germaniya), Bokoleev Abay (“Milasspor”, Turkiya)
Hozircha O'zbekiston milliy terma jamoasining bu uchrashuv uchun tarkibi e'lon qilinmagan.



