“Qaldirg'ochlar” tog'dan qaytishmoqda

Narzulla Saydullayev
22 iyul 2013, 10:16
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi mavsumning ikkinchi qismiga qaratilgan tayyorgarlikni “Archazor”da boshlagan edi.
14-22 iyul kunlari “Archazor”da o'tgan tayyorgarliklar yakunlanib, “qaldirg'ochlar” tog'dan qaytib kelishmoqda. “Bunyodkor” a'zolari bugun kunning ikkinchi yarmida poytaxtimizga qaytib kelishadi va bir kun dam olishadi. Shundan so'ng 24 iyul kuni jamoa a'zolari yana yig'ilib, O'FF qoshidagi "FUTBOL-MED" markazida tibbiy ko'rikdan o'tishadi. Tayyorgarlikning qolgan qismi “Bunyodkor” futbol maktabi maydonida olib boriladi.

26 iyul kuni jamoamiz o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com