Pyanich: "Oldimda yana ikki taklif bor edi"

Mirjalol Normatov
10 noya 2020, 00:55
"Barselona" xavbeki Miralem Pyanich faoliyati davomida yana qaysi jamoalar tarkibida o'ynashi mumkin bo'lganini aytdi

"Bavariya" va "Inter"ga o'tishim ham mumkin edi. Biroq o'shanda ko'p o'ylab, buning vaqti emasligini tushungandim.

"Yuventus"ga esa 2 yil oldin o'tsam ham bo'lardi. Lekin o'sha vaqtlarda bunga tayyor emasdim. Tarkibda Pogba, Pirlo va Vidal kabi futbolchilarning soyasida qolib ketishimdan qo'rqqandim", - dedi Pyanich.

Miralem 2011-2016 yillar davomida "Roma" tarkibida o'ynab, keyinchalik "Yuventus"ga o'tgandi. Yozda esa u 60 mln evro evaziga "Barselona"ga transfer qilindi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal