Pulka. “Lokomotiv-BFK” bilan “Norin” g'olib

Narzulla Saydullayev
6 dek 2015, 11:53
Kecha Farg'ona shahrida birinchi ligaga o'tish turniri yakuniga etdi.

“A” guruhida 1-o'rinni egallagan “FarDU-Futbol info” jamoasi kecha “V” guruhda 2-o'rinni olgan “Lokomotiv-BFK”ga qarshi maydonga tushdi. Garchi farg'onaliklar uchrashuvda ilk bor hisobni ochishgan bo'lsada, “temiryo'lchilar” yakunda javob to'pini kiritib, mag'lubiyatdan qutilib qoldi. O'yinning asosiy bo'limi durang bilan intiho topgach, navbatn to'g'ridan-to'g'ri penaltilar seriyasiga yetib keldi. Lotoreyada “Lokomotiv-BFK”ning iqtidorli posboni Ravshanbek Yagudin chinakamiga qahramonlik ko'rsatdi va ikki bor zarbani qaytarishga erishdi. Bu bilan u jamoasiga muhim g'alabani taqdim etdi.

“FarDU-Futbol-info” – “Lokomotiv-BFK” 1:1 (penaltilar bo'yicha 3:4)
Farg'ona. “Spartak” stadioni.
Hakamlar: Vadim Agishev, Timur Galeev, Akbar Po'latov, Akmal Rahimov.
Nazoratchi: Andrey Tambovcev.
Gol: Sherdor Turonov – Fotix Vosiqov.
“FarDU-Futbol info”: 41.Fahridin Mirzaqosimov, 3.Mamur Qosimov, 4.Zuhriddin Rahmatov, 5.Rustam Abduhamitov, 6.Shodiyor Xolmamatov, 11.Abror Hamidxodjaev, 13.Ahror Abdullaev, 14.Xayrullo Madaminov, 15.Alisher Nuraliev, 17.Mirzohid Egamberdiev, 21.Sherdor Turonov (S),   
Zaxira: 16.Islom Saydullaev, 7.Usmon Soipov, 8.Dilmurod Shamatov, 10.Qahramon Mamadaliev, 12.Muhammadali Ermamatov, 18.Nurmuhammad Usmonov, 77.Xojimurod Nasriddinov.
 “Lokomotiv-BFK”: 25.Ravshanbek Yagudin, 5.Dilmurodjon Meliqo'ziev, 6.Abdulaziz Abduhamitov, 8.Nikita Efremenko, 10.Fotix Vosiqov, 11.Rustam Yaraliev, 17.Hayotbek Sotvoldiev, 21.Humoyun Sultonov, 22.Afrosiyob Isoqov, 24.Vohid Xolboev (S), 26.Abbos Saidkarimov.
Zaxira: 2.Botir Xolliev, 7.Sunnatilla Saidov, 14.Vladimir Vasilev, 19.Shoxruh Rajabov, 20.Shoxruh Murotov, 23.Shoxrux Razzoqov, 27.Yahyo Ro'ziev.

Mazkur bahsdan so'ng navbat “Norin” – “Buxoro-2” o'yiniga yetib keldi. Mazkur bahsda ham asosiy taymlarda durang (0:0) bilan yakun topgani uchun muxlislar penaltilar seriyasiga guvoh bo'ldi. “Norin” posboni bitta to'pni qaytargan bo'lsa, “Buxoro-2”ning yetakchisi Nodir Jo'raev esa ustunni nishonga oldi.Shu tariqa haqlabodliklar 18 yillik tanaffusdan so'ng nihoyat yana birinchi ligaga qaytdi.

“Norin” – “Buxoro-2” 0:0 (penaltilar bo'yicha 4:2)
Farg'ona. “Spartak” stadioni.
Hakamlar: Igor Gormashov, Anvar Marajabov, Server Eremeev, Igor Xudoydotov.
Nazoratchi: Sulton Zaylobidinov.
“Norin”: 1.Azizbek Abubakirov, 2.Azizullo Mahmudov, 4.Alisher Abdullaev, 5.Shoirbek Ro'ziev, 6.Damir Javolitdinov, 3.Doston Ibragimov, 9.Anvar Abduqodirov (S), 17.Dilmurod Malikov, 11.Jamol Sirojiddinov, 10.Shahboz Jumaboev, 7.Akmal Yuldashev.
Zaxira: 28.Muhammadali Ibrohimov, 8.Bahodir Valiev, 14.Muhammad Nuriddinov, 16.Abdulaziz Yusupov, 12.Jahongir Yuldashev, 15.Husan Jumanazarov, 13.Sadriddin Rahimov.
“Buxoro-2”: 1.Shahzod Shamsiddinov, 19.Elshod Dilmurodov, 4.Mirjalol Jumaev, 8.To'ymurod Ortiqov, 5.Saiddoston Fozilov, 6.Mirzabek Hakimov, 10.Jonibek Tojiboev, 11.Mels Saidov (S), 22.Nodir Jo'raev, 7.Sardor Sulaymonov, 89.Sheroz Hamidov.
Zaxira: 12.Amirshox Shavkatov, 77.Solibek Karimov, 21.Abbos Xodjiev, 14.Jahongir Xayriev, 9.Istam Amonov.

Shu tariqa Farg'ona shahridagi pulka o'yinlari yakunlanib, kelasi yil birinchi ligada ishtirok etish xuquqini “Lokomotiv-BFK” o'zida saqlab qolgan bo'lsa, Haqlabodning “Norin” jamoasi 18 yillik tanaffusdan so'ng yana birinchi ligaga qaytdi.   

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia