PSJ – Bastiya. Ibragimovich jarohat tufayli maydonga tushmasligi mumkin
Narzulla Saydullayev
18 okt 2013, 09:35
PSJ hujumchisi Zlatan Ibragimovich Fransiya chempionatining 10-turidan o'rin olgan Bastiyaga qarshi o'yinni sonidagi jarohati tufayli o'tkazib yuborishi mumkin.
Hujumchi Shvetsiya terma jamoasi o'yinlaridan so'ng jarohat bilan qaytdi, kecha u yakka tartibda shug'ullandi.
Bu mavsumda Ibragimovich 9ta o'yinda 3ta gol urdi.