PSJ 4-marotaba Fransiya kubogini qo'lga kiritdi

Aziz Tukhtamuradov
20 apr 2014, 08:59
Kecha Fransiyada mamlakat kubogining final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda Edison Kavanining dubli evaziga "PSJ"  "Lion" ustidan 2:1 xisobida g'alaba qozondi.

Shu tariqa, parijliklar ushbu kubokni 4-marotaba qo'lga kiritdilar. Bungacha "PSJ" 1994/95, 1997/98 va 2007/08 yilgi mavsumlarda ushbu sovrinni qo'lga kiritgan edi.

"Lion" esa faqatgina 2000/01 yilgi mavsumda mamlakat kubogini boshi uzra baland ko'targan.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru