

Yoz oyining boshidayoq Parij klubi kosta-rikalik posbon borasida yaxshi taklif qabul qilib olsa, uni sotib yuborishga tayyor turgani borasida ma'lumotlar tarqagandi. Ayni damda Navas "Napoli" bilan muzokaralar olib bormoqda.
Keylor yangi mavsumda Janluijji Donnarumma PSJning asosiy posboni bo'lishini va o'zi zaxirada qolib kyetishini tushunib turibdi. Shu sababli u jamoasini o'zgartirishga shoshilmoqda. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Kristof Galte esa Maurisio Pochettinodan farqli ravishda faqatgina bir posbonning xizmatidan foydalanishini aytgan.



