

Xabarga ko'ra, Parij klubi ketma-ket uchinchi mavsumda 100 million evrodan ko'proq zarar ko'rgan. 2019/20 yilgi mavsum uchun yo'qotishlar 124 million evroni, 2020/21 yilgi mavsum uchun 224 million evroni, 2021/22 yilgi mavsum uchun esa deyarli 350 million evroni tashkil qildi.
Shu bilan birga, yo'qotishlar 2021 yilda bashorat qilingan miqdordan sezilarli darajada oshib ketdi.
Bunday ko'rsatkichlar sabablari orasida koronavirusning ta’siri va chiptalar sotishdan tushgan daromadning kamayishi ko'rsatilgan. Yana bir sabab – ish haqi uchun sarflanadigan katta xarajat.



