PSJ Man Sitiga rasmiy taklif yubordi

Khoja
3 avg 2024, 10:27
PSJga Man Siti hujumchisi Xulian Alvares kerak.

Parijliklar hujumchi borasida ilk rasmiy taklifni yubordi. 24 yoshli futbolchi uchun jamoa shaharliklarga 70 million evro to'lashga tayyorligini ma'lum qilgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Xulian Alvares Man Sitidagi ahvolidan norozi ekanligini va jamoani tark etishga tayyorligini ma'lum qilgandi.

Alvaresning "Manchester Siti" bilan amaldagi kelishuvi 2028 yilga qadar mo'ljallangan. Forvard 2023/24 yilgi mavsum APL doirasida 36ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 9ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com