PSJ Kimpembe bilan shartnomani uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
21 dek 2023, 14:20
PSJ matbuot xizmati himoyachi Presnel Kimpembe bilan shartnoma uzaytirilganini ma'lum qildi.

Futbolchining yangi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Kimpembe PSJ uchun 237 ta o'yinda qatnashib, 23 ta sovrin yutgan, ulardan 7 tasi Fransiya chempionati g'olibligidir.

Himoyachi 26 fevraldan buyon maydonga tushgani yo'q – u "Marsel" bilan uchrashuvda og'ir jarohat olgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail