PSJ Bennaserga qiziqib qoldi

19 apr 2020, 01:13
"Milan" yarim himoyachisi Ismael Bennaser faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

"Le10sport" xabariga ko'ra, 22 yoshli xavbek uchun PSJ da'vogarlik qiladi. Jazoir milliy terma jamoasi a'zosining transferi Parij klubi sport direktori Leonardoning tashabbusi hisoblanadi. Takidlanishicha, "rossonerilar" Bennaserni 30 mln evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.

Futbolchi A Seriyaning joriy mavsumida 20ta bahs o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Le10sport