PREVYU. “Sho'rtan” -“So'g'diyona”

Narzulla Saydullayev
26 okt 2017, 07:33
Oliy liganing 26-turida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi safarda “Sho'rtan” mehmoni bo'ladi.

USHBU MAVSUMDA

Birinchi davraning 11-turida “So'g'diyona”o'z maydonida  “Sho'rtan”ni  qabul qilgan edi. Ushbu bahsda Sanjar Rashidovning 26 daqiqadagi raqib darvozasiga kiritgan  yagona goli jamoamizga g'alaba keltirgan edi.

“So'g'diyona” o'tgan turda o'z maydonida  “Metallurg” ga qarshi bahs olib borgan edi va 3:2 hisobida g'alaba qozondi.“Sho'rtan”  Toshkentda  “Bunyodkor”ga 3:1 hisobida  mag'lub bo'lgan.

 “Sho'rtan” 20 ochko bilan turnir jadvalida  14-o'rinni band etib turgan bo'lsa, “So'g'diyona” 28 ochko bilan 12-o'rindan joy olgan.

O'YINI  VIKTOR SERAZIDDINOV BOSHQARADI

Hakamlar: V. Serazitdinov (Toshkent), A. Sapenko (Toshkent vil.), B. Qodirov (Buxoro), SH. Rajabov (Buxoro).
Nazoratchi: X. Muxtorov (Samarqand).
PFL vakili: SH. Rajabov.

O'ZARO USTUNLIK

“Sho'rtan” hamda “So'g'diyona”  klublari oliy ligada shu kungacha 14 bor kuch sinashishgan.“Sho'rtan” hisobida 9 ta, “So'g'diyona” hisobida 6 ta g'alaba mavjud. 2 o'yinda  durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “Sho'rtan” tomonida:  25:18. “Sho'rtan” o'zaro o'yinlarda 29 ochkonidan  qo'lga kiritgan bo'lsa, jizzaxliklar 20 ochkoni qo'lga qiritgan.  “Sho'rtan”ning eng yirik g'alabasi 3:0, “So'g'diyona”ning eng yirik muvaffaqiyati  3:1.

“Sho'rtan” maydonida o'tgan barcha uchrashuvlar:

27.08.2005 Sho'rtan - So'g'diyona 0:1
30.09.2006 Sho'rtan - So'g'diyona 0:1
04.04.2008 Sho'rtan - So'g'diyona 0:2
04.04.2009 Sho'rtan - So'g'diyona 2:1
20.06.2011 Sho'rtan - So'g'diyona 3:2
30.03.2013 Sho'rtan - So'g'diyona 1:0
22.03.2015 Sho'rtan - So'g'diyona 3:0
07.05.2016 Sho'rtan - So'g'diyona 4:2

O'ZARO O'YINLAR HAQIDAGI FAKT:

O'zaro o'yinlar haqida fakt: G'uzordagi  8 ta o'yindan 6 tasida “Sho'rtan”, 2 tasida “So'g'diyona”  g'alaba qozongan. Durang natija qayd etilmagan.

O'YIN VAQTI VA JOYI.

Yoshlar ligasi bahsi 26 oktyabr kuni soat 15:00 da “Sho'rtan”FM maydonida  bo'lib o'tadi. Asosiy tarkib uchrashuvi 27 oktyabr kuni  soat 16:00 da “G'uzor” stadionida o'tkaziladi.
 

 “So'g'diyona” matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia