PREVYU. "Bunyodkor" - "Olmaliq"

Narzulla Saydullayev
27 mar 2014, 09:00
Oliy liganing 3-turidan o'rin olgan dastlabki uchrashuv bugun "Bunyodkor" va "Olmaliq" o'rtasida bo'lib o'tadi.
BUNYODKOR – OLMALIQ
27 mart. Toshkent. “Jar” stadioni. 17:00
Hakamlar:
V.Seytlin, H.Shodmonov, B.Norsafarov, A.Jo'raxonov
Nazoratchi: S.Najafaliev.

Bu ikki klub oliy ligada 12 bora to'qnash kelgan. Ushbu o'yinlardan 9 tasida “qaldirg'ochlar” g'olib bo'lishgan. 1 o'yin durang hisobida yakunlangan. “Olmaliq” shu kungacha “Bunyodkor”ni 2 bor mag'lub etgan.

“Bunyodkor” shu kungacha o'zaro o'yinlarda “Olmaliq” darvozasiga 26 ta gol kiritgan. “Olmaliq” esa 12 bora “Bunyodkor” posbonini ranjitgan. “Bunyodkor” shu kungacha o'zaro o'yinlarda 28 ochkoni, “Olmaliq” esa atigi 7 ochkoni qo'lga kiritgan. “Bunyodkor”ning oliy ligada “Olmaliq” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 4:1 ni tashkil qiladi. “Olmaliq” eng yirik muvaffaqiyati esa – 3:1.

O'tgan mavsum Olmaliqda o'tgan bahsda 3:1 hisobi qayd etilgan. Mezbonlardan Zafar Polvonov va Evgeniy Gogol (ikkita) gol urishgan, “qaldirg'ochlar” safida Kamoliddin Murzoev penaltidan to'p kiritgan. Toshkentda tashkil etilgan uchrashuvda “Bunyodkor” 4:1 hisobida ustun kelgan. Oleg Zoteev, Oleksandr Pishur va Anvar Berdievning (ikkita) gollariga Dilyaver Abibullaev javob bergan.

Toshkentda o'tgan barcha uchrashuvlar:

18.10.2013  Bunyodkor – Olmaliq  4:1
11.09.2012  Bunyodkor – Olmaliq  2:0
19.05.2011  Bunyodkor – Olmaliq  4:1
14.08.2010  Bunyodkor – Olmaliq  1:0
25.04.2009  Bunyodkor – Olmaliq  3:1
18.10.2008  Bunyodkor – Olmaliq  1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt : “Bunyodkor” o'z maydonida bu raqibga umuman yutqazmagan. Bo'lib o'tgan 6ta o'yinda “Olmaliq” safarda atiga uchta to'p kiritgan.

Muallif taxmini: Mirjalol Qosimovsiz o'ynashiga qaramay “Bunyodkor” o'z maydonida g'alaba qozonishga yaqin. Ammo “Olmaliq” bu mavsum eng ko'p gol urgan jamoa ekanligini unutmang. “Qaldirg'ochlar” bugun gol o'tkazib g'alaba qozonishsa kerak.


Narzulla Saydullaev

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia