Prandelli: "Borussiya" bilan o'yinda xar bir to'p uchun kurashishimiz kerak"

Aslanov Jasurbek
4 noya 2014, 11:50
"Galatasaray" bosh murabbiyi Chezare Prandelli "Borussiya"ga qarshi Chempionlar ligasi 4-tur uchrashuvi oldidan raqib jamoasi haqida fikr bildirdi.

"Borussiya" Yevropaning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Ularda yaxshigina taktik tushuncha bor. Raqib ko'p yillardan beri bir murabbiy qo'l ostida shug'ullanishadi. Ularga qarshi bo'ladigan o'yinda xar bir to'p uchun kurashishimiz kerak. Agar shu ishni amalga oshira olsak, biz g'alaba qozonamiz.

"Borussiya" - ochiq zonalarni osonlik bilan yopa oladigan jamoa. Ularga qarshi o'z ishtiyoqimizni ko'rsatishimiz kerak. Bu narsa o'yindagi birinchi maqsadimiz" - deydi murabbiy.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com