Portugaliya prezidenti: "Bugun bizning kun emas ekan"

Aslanov Jasurbek
10 dek 2022, 23:44
Portugaliya prezidenti Marselu Rebelu de Souza terma jamoaning mag'lubiyati haqida fikr bildirdi.

"Yomon kun. Marokash ikki-uch vaziyatidan bittasini golga aylantirdi. Bizda vaziyatlar ko'proq bo'ldi, ammo hech biridan unumli foydalana olmadik. Foydaliroq jamoa g'alaba qozonishini tan olish kerak. Chorak finalgacha yetib borgan jamoadan minnatdorman.

Fernandu Santu, butun jamoa, yoshlar va Krishtianu Ronalduni bag'rimga bosaman. Bazida omadingiz kelmaydigan kunlar ham bo'ladi.

Tanqid bo'ladi, bu tushunarli. Hech kim mag'lub bo'lishni istamaydi. Taktika yoki tarkib yomon deyishadi. Marokash yaxshi jamoa ekanligini ko'rsatdi.

Portugaliya ikkinchi bo'limda yaxshi harakat qildi, vaziyatlarga ega bo'ldi, ammo bu yordam bermadi, to'p darvozaga kirishni xohlamadi. Afsuski, g'olibni tabriklashga majburmiz.

Yarim finalga yaqin edik. Biroq Ispaniya, Germaniya va Braziliyalarda ham shunday bo'ldi. Ular bu bosqichga o'ta olishmadi" - deydi Portugaliya prezidenti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Record