Polsha terma jamoasini kim boshqarishi ma'lum bo'ldi

Sherzod Nurmatov
29 yanv 2022, 19:16
Dekabrda jamoadan ketgan Paulu Souzaning o'rniga Polsha terma jamoasiga kim ustozlik qilishi aniqlandi.

"Przeglad Sportowy" xabariga ko'ra, Adam Navalka "oq burgutlar"ning yangi murabbiyi bo'ladi.

64 yoshli mutaxassisning qaytishi dushanba kuni e'lon qilinadi. Eslatib o'tamiz, u 2013 yildan 2018 yilgacha Polsha termasini boshqargan.

Navalkaning maoshi oyiga 43 ming evro atrofida bo'ladi. Agar JCH-2022 ga yo'l olinsa, katta bonus ham oladi.

Polsha Rossiya terma jamoasining JCH-2022 saralash o'yinlaridagi raqibi hisoblanadi. Jamoalar 24 mart kuni Moskvada to'qnash kelishadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Przeglad Sportowy