Pogba Turinga qaytmoqda

Mirjalol Normatov
7 iyul 2019, 15:55
"Yuventus" Pol Pogbani "Manchester Yunayted"dan 150 million evroga qaytarib oladi.

"Times" nashri xabariga ko'ra, fransiyalik futbolchi uzoq vaqtdan buyon "Old Trafford"dan ketish borasida ishlarni davom ettirmoqda. U yaqin vaqtlar ichida "Yuventus" bilan shartnoma imzolaydi.

Oldinroq uning xizmatlariga "Real" tomonidan qiziqishlar bo'layotgani aytilgandi. Futbolchining o'zi ham ketishni istayotgani bois, "Manchester Yunayted" ushbu transferga qarshilik qilmayapti.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Times