Pogba "Real" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi

Aslanov Jasurbek
10 iyun 2016, 15:28
"Real" vakillari "Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogbaning agenti Mino Rayola bilan uchrashishdi.

Fransiyalik ayni damda "Qirollik klubi"ning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. Ma'lumotlarga ko'ra, tomonlar kelishishga muvaffaq bo'lishdi, Pogba esa "Real" bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekadi. Uning yillik maoshi 9,8 mln. evro bo'ladi.

Oldinroq "Real" Pogba uchun "keksa sinora"ga 120 mln. evro taklif qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport