

"Nega yo'q?! Barchasi bo'lishi mumkin. Messi "Barselona" uchun borini berdi va istagan payti u yerdan ketishi mumkin. Uning uchun Ispaniya va Angliyaning farqi yo'q. Messi barcha chempionatda eng zo'ri bo'la oladi.
"Siti"ga qarshi o'ynash juda qiyin. Messi bilan esa Gvardiola barcha sovrinlarni yuta olishi mumkin", - dedi Pochettino.
Oldinroq "Siti" Messi bilan kelishib olgani, arablar 5 yil davomida 700 mln evroni "Barselona" hisobiga o'tkazib berishi borasida ma'lumotlar tarqagandi.



