Piolining "Milan"dagi o'rnini kim egallaydi?

Sherzod Nurmatov
7 fev 2023, 18:55
Italiyalik mutaxassisning kelajagi bo'yicha qaror qabul qilinmadi.

Ammo allaqachon uning o'rniga asosiy da'vogarlar ma'lum. Bular – "Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte va "Brayton" bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi. Bu haqda "La Repubblica" xabar bermoqda. 

Konte yozda bo'sh bo'lishi mumkin, De Dzerbi uchun esa 13 million evro to'lashga to'g'ri keladi.

"Rossoneri" hali Piolini istefoga chiqarish niyatida emas. Ammo jamoa natijalari yomonlashishda davom etsa, "qizil-qoralar" mutaxassis bilan xayrlashadi.

Avvalroq Pioli "Milan" unga ishonmay qo'yganini aytgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Repubblica